Sentelenlar




Sentelenlar (inglizcha: Saint Helenians) — Muqaddas Yelena, Ascension va Tristan da-Kunya orollarining asosiy aholisidir. Sentelenlar Muqaddas Yelena, Asension va Tristan-da-Kunya orollari hududida yashovchi xalqlar va millatlar vakillaridan tuzilgan. Sentelenlar uchta asosiy guruhga boʻlingan:

Tarixi



Muqaddas Yelena oroli 1502-yil 21-mayda Hindistondan qaytayotgan portugaliyalik navigator Juan da Nova tomonidan kashf etilgan. Portugallar orolni yashashga yaroqsizsiz deb topdilar. Orolning birinchi doimiy rezidenti 1515-1545-yillarda orolda yolgʻiz yashagan portugaliyalik Fernan Lopish boʻlgan. Biroq, orollarda doimiy aholi, Muqaddas Yelena oroli Buyuk Britaniya hukmronligi ostida oʻtgandan keyin paydo boʻlgan. Qishloq xoʻjaligi ishlari uchun orolga Britaniya Sharqiy Hindiston kompaniyasi tomonidan Gʻarbiy Afrikadan qullar olib kelingan. 1723-yilgi aholini roʻyxatga olishda 1110 aholi, shu jumladan 610 qora tanli qul qayd etilgan. 1792-yilda gubernator Robert Patton orolda qul savdosini taqiqlanishini eʼlon qildi. 1817-yilgi aholini roʻyxatga olishda 6150 kishi qayd etilgan, ulardan 1540 tasi qora tanli qullar va 500 ga yaqini ozod qilingan qullar edi. Qullik bekor qilingandan keyin orolda ishlash uchun Xitoydan ishchilar yollangan. Xitoylik ishchilarning katta qismi orolga 1810-1834-yillar oraligʻida kelgan. Eng koʻp xitoyliklar (618) — 1818-yilda kelishgangan. Ikkinchi ingliz-bur urushi paytida orol bur harbiy asirlari uchun surgun joyiga aylangan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz