Sensualizm




Sensualizm (lot. sensus — sezgi, his) — bilish nazariyasida sezgilarni bilishning asosiy manbai deb eʼtirof etuvchi yoʻnalish. Bilishning mohiyatini sezgi organlarining faoliyatiga bogʻlab tushuntiradi. S. ratsionalizmga qaramaqarshi boʻlib, hissiy va ratsional bilimlarning oʻzaro aloqadorligi, imkoniyatlarini oʻzicha talkin etadi. S. vakillari bilimlar odamga tugma ravishda berilmagan, u hayotiy tajriba davomida shakllanib, rivojlanib boradi, deb hisoblaydi, ilmiy bilish jarayonida induktiv xulosa chiqarishni deduktiv xulosa chiqarishdan ustun qoʻyadi. S.ning "hislarda boʻlmagan narsa aklda boʻlmaydi" degan asosiy tamoyiliga hissiy bilishlar obyektiv dunyo bilan bogʻliq deb hisoblagan materialistlar (P.Gassendi, T. Gobbs, J.Lokk, K.Gelvetsii, D.Didro, P. Golbax va boshqalar) ham, hissiy bilish tashki dunyo bilan bogʻlanmagan, oʻz-oʻzidan mavjud soha deb bilgan idealistlar (J.Berkli, D.Yum) ham qoʻshilganlar. Sharq falsafasi, xususan, Forobiy va Beruniy asarlarida ham sensualistik fikrlar mavjud. S. shuningdek, gedonizm, utilitarizm, emotivizmaa namoyon boʻladi. 20-asr fan falsafasida ham S.ning empirizm yoʻnalishidagi talqinlari uchraydi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz