Seni sogʻindim




Seni sogʻindim “ (shunchaki „ Sogʻindim “ oʻlaroq ham maʼlum) — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2005-yil eʼlon qilingan. Qoʻshiq soʻzini ham, kuyini ham guruh solisti Tohir Sodiqov yozgan. „Seni sogʻindim“ „Bolalar“ guruhining 2000-yillarda chiqarilgan eng taniqli taronalaridan biridir.

Qoʻshiq tonalligi — lya-minor. Qoʻshiqning toʻliq versiyasi boshida ayol diktor sogʻinch haqida sheʼr oʻqigan.

2020-yil guruh aʼzosi Husan Sodiqov oʻzining rasmiy YouTube kanalida „Seni sogʻindim“ qoʻshigʻini guruhning 2005-yilga qadar eʼlon qilingan olti qoʻshigʻidan iborat „14-albom“ nomli albomiga toʻrtinchi trek oʻlaroq kiritgan, ammo bu taronalar 2005-yilda albom shaklida eʼlon qilinmagan, balki shunchaki singl oʻlaroq chiqarilgan.

„Seni sogʻindim“ qoʻshigʻi „Bolalar“ guruhining 2007-yil „iTunes“da eʼlon qilingan „The Very Best of the Fontana Years“ (tarjimasi „Fontana yillarning eng sara [qoʻshiqlari]“) terma albomiga 13-trek oʻlaroq kiritilgan. Bu albom markaziy osiyolik xonanda yoki guruhning „iTunes“da eʼlon qilingan ilk albomidir. Ammo albom mualliflik huquqlari bilan bogʻliq kelishmovchiliklar tufayli 2012-yildan keyin platformadan olib tashlangan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz