Senga bogʻlangan qalbim




Senga bogʻlangan qalbim “ — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1999-yil chiqarilgan „9-albom“ nomli studiyaviy albomiga beshinchi trek oʻlaroq kiritilgan. „Senga bogʻlangan qalbim“ guruh repertuaridagi sanoqli rok janridagi qoʻshiqlarning biridir. Qoʻshiqning matnini ham, kuyini ham guruh solisti Tohir Sodiqov yozgan.

„Senga bogʻlangan qalbim“ qoʻshigʻi mi-major tonalligida ijro etilgan. Tarona guruh gitarachisi Timur Gaynutdinov chalgan pauer-akkordlar hamda Sodiqovning kuchli vokali bilan tinglovchilar eʼtiborini qozongan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz