Senegal (daryo)




Senegal — Gʻarbiy Afrikadagi daryo, Gvineya, Mali, Senegal, Mavritaniya hududlaridan oqadi. Uzunligi Bafing irmogʻidan boshlab 1430 km, havzasining maydoni 441 ming km². Yuqori qismida serostona, sharshara koʻp. Quyi qismida tekislikdan oqadi va Atlantika okeaniga delta hosil qilib quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 1500 m³/sek., sentabr oyida suvi koʻpayadi. Sugʻorishda foydalaniladi. GESlar qurilgan. Baliq ovlanadi. Kayes shahrigacha kema qatnaydi. Yirik shaharlari: Kayes (Mali), Podor. Matam, Bakel (Senegal) va SenLui porti.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz