Sendi Huk maktab otishmasi




Sandy Hook maktab otishmasi 2012-yil 14-dekabrida AQShning Connecticut shtatida, Newtown shahri yaqinidagi Sandy Hook (talaffuzi: Sendi Huk) qishlogʻidagi boshlangʻich maktabda sodir boʻldi. Adam Lanza ismli shaxs 20 nafar maktab oʻquvchisi va 6 pedagogni va oʻzini oʻtochar quroldan otib oʻldirdi. Bungacha u uyda onasi Nancy Lanza'ni otib oʻldirgan edi. Bu hodisa AQSh tarixida 2007-yilgi Virginia Tech otishmasidan keyingi ikkinchi eng koʻp qurbonli maktab otishmasi boʻldi. Qurbonlar orasida Lanza'ning onasidan tashqari 6—-7 yoshgacha boʻlgan 12 nafar qiz va 8 nafar bola hamda taʼlim muassasasining 27 yoshdan 56 yoshgacha boʻlgan olti nafar xodimi bor.

Prezident Barack Obama ommaviy qotillik sabab butun AQSh hududida toʻrt kunlik motam eʼlon qildi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz