Sena (daryo)




Sena (fransuzcha: Seine) — Fransiyadagi daryo. Uz. 776 km, havzasining maydoni 78,6 ming km². Parij havzasi tekisligidan oqib oʻtib, LaMansh boʻgʻozining Sena buxtasiga quyiladi. Asosiy irmoklari: Marna, Uaza. Oʻrtacha suv sarfi 450 m³/sek., qishda suvi koʻpayadi. Trua shahridan boshlab kema qatnaydi. Kanallar orqali Shelda, Maas, Reyn, Sona, Luara daryolari bilan bogʻlangan. S. Fransiyaning eng muhim suv yoʻli. S. boʻyida Parij, Ruan sh.lari joylashgan. Estuariysida Gavr dengiz porti bor.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz