Sen ketgan kundan
„
Sen ketgan kundan “ — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1997-yil chiqarilgan „7-albom“ nomli studiyaviy albomiga beshinchi trek oʻlaroq kiritilgan. „Sen ketgan kundan“ guruh repertuaridagi sanoqli rok janridagi qoʻshiqlarning biridir. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham guruh solisti Tohir Sodiqov yozgan. Tarona guruh gitarachisi Timur Gaynutdinov chalgan pauer-akkordlar hamda Sodiqovning kuchli vokali bilan tinglovchilar eʼtiborini qozongan.
„Sen ketgan kundan“ qoʻshigʻining qisqaroq, pop-rok janridagi versiyasi ham mavjud. Mazkur versiya uchun klip suratga olingan. Unda Sodiqov turmush oʻrtogʻi hamda ikki qizi bilan rol oʻynagan. 2019-yil oʻzbek xonandasi, „Bolalar“ guruhining konsert gitarachisi Renat Sobirov qoʻshiqni elektron raqs musiqasi janrida kaver qilgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org