Semyon Subbotin




Semyon Matveyevich Subbotin (asl familiyasi Sabsovich; 1889, Soroki, Bessarabiya viloyati — 1948, Toshkent) — oʻzbek sovet gigiyenisti, tibbiyot olimi, sogʻliqni saqlash tashkilotchisi, professor (1938).

Biografiyasi



1889-yilda Soroka shahrida don, un, non va tamaki bargini ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanuvchi Moyshe Shimonovich Sabsovich oilasida tug‘ilgan.

Bazel universitetining tibbiyot fakulteti bitiruvchisi (1914). Bessarabiya viloyatining Soroka shahrida tibbiy amaliyot bilan shug‘ullangan. „Subbotin“ taxallusi bilan 1917-yil fevral va oktabr inqiloblarida qatnashgan, 1918-yilda RKP (b) (Rossiya Kommunistik partiyasi (bolsheviklar)ga qo‘shilgan.

1917-yil fevral oyida Soroka shahar ishchi va askarlar deputatlari kengashining birinchi raisi etib saylangan.

1918-yil mart oyida Ruminiya tomonidan qo‘shib olingan Bessarabiyada partizan harakatida qatnashgan, so‘ngra Dnestrning chap qirg‘og‘iga ko‘chib o‘tgan. 1924-yilda Moldaviya ASSR tashkil etilishi bilan uning birinchi Sog‘liqni saqlash xalq komissari etib tayinlangan. Moldaviya ASSR rahbariyatidagi partiyaviy tozalashlardan so‘ng Semyon Matveyevich Subbotin Toshkentga ko‘chib kelgan va bu yerda 1930-yilda O‘rta Osiyo universitetining tibbiyot fakultetida ijtimoiy gigiyena kafedrasini tashkil etib1933-yilgacha unga rahbarlik qilgan.

1933-1937-yillarda Oʻrta Osiyo universiteti tibbiyot fakulteti fiziologiya, patologiya va mehnat salomatligi kafedrasi professori (1935-yilda Toshkent tibbiyot institutiga aylantirilgan).

1936-yildan Toshkent tibbiyot institutining ijtimoiy gigiyena kafedrasida maktab gigiyenasi kursidan dars bera boshlagan.

1938-yilda Toshkent tibbiyot institutida bolalar va o‘smirlar gigiyenasi kafedrasini tashkil qilib unga 1948-yilgacha rahbarlik qilgan.

Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasini ishlab chiqish boʻyicha loyixa komissiyasi aʼzosi, Toshkent shahar Kengashining sogʻliqni saqlash boʻlimi byurosi aʼzosi boʻlgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz