Semyon Mixaylovich Budyonniy
Semyon Mixaylovich Budyonniy Sovet otliq askari,Rossiya fuqarolar urushi, Polsha-Sovet urushi va Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy qoʻmondon va siyosatchi boʻlgan.
Biografiyasi
Semyon Mixaylovich Budyonniy janubiy Rossiya imperiyasining Don Qozoq viloyatidagi (hozirgi Rostov viloyati) Salsk shahri yaqinidagi Kozyurin fermasida kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan. U Don Qozoqlar hududida oʻsgan boʻlsa-da, Budyonniyning oilasi Voronej viloyatidan boʻlgan etnik ruslar edi. Semyon Mixaylovich Budyonniy 1903-yilning kuzigacha Rossiya imperiyasi armiyasi safiga chaqirilgunga qadar u turli xil kasblarda faoliyat yuritdi misol uchun: fermer, doʻkondor, temirchi shogirdi, bugʻ mashinasida haydovchi boʻlib ishladi. Budyonniy 1903-yilda Rossiya imperiyasi armiya safiga chaqirilgan. Birinchi jahon urushi]], Avliyo Georgiy xochi ordenining toʻrtta darajasini olgan. Rossiyada fuqarolar urushi boshlanganda Budyonniy bolsheviklar gʻalabasida muhim rol oʻynagan 1-otliqlar armiyasiga asos soldi . Budyonniy urushda koʻrsatgan jasorati bilan mashhur boʻldi va bir qancha mashhur vatanparvarlik qoʻshiqlarining mavzusiga aylandi .
Birinchi jahon urushi yillarida Budyonniy Daniyaning Xristian IX 18-Severskiy dragun polkining Sharqiy jabhadagi Kavkaz otliq diviziyasida 5-eskadronning ofitseri boʻlgan. U Bjezina yaqinidagi nemis taʼminot kolonnasiga qilgan hujumi bilan mashhur boʻldi va Avliyo Georgiy xochi ordeni, 4-darajasiga ega boʻldi.
1925-yilda Semyon Mixaylovich Budyonniy temiryoʻlchining qizi, qoʻshiqchi Olga Stefanovna Mixaylova bilan turmush qurdi. Ular turmush qurgandan soʻng, Olga Moskva konservatoriyasiga oʻqishga kirdi, 1930-yilda oʻqishini tugatdi, keyin Bolshoy teatriga ishga kirdi. 1937-yilning
Avgustoyida Semyon Mixaylovich Budyonniy
Olga Stefanovna Mixaylova bilan ajrashdi va Olganing 33 yoshli jiyani Maria Vasilevna bilan turmush qurdi va umrining soʻngiga qadar Maria Vasilevna bilan yashadi, ularning 2 oʻgʻil farzandi Sergey, Mixayl va Nina ismli qizi boʻgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org