Semyon Milenin




Semyon Mixaylovich Milenin (1903. 13.9, Lugansk shahri, Ukraina — 1966.8.7, Toshkent) — teatr rassomi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). 1936-yildan Toshkentda. Hamza teatrida bosh rassom (1960-yilgacha). M. oʻzbek teatri sanʼati taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. Sahna bezaklarining maishiy tafeilotga boyligi, meʼmoriy shakllardagi interyer, eksteryerlar, yorugʻlik effektlaridan samarali foydalanish M.ga spektakllardagi davr va uning oʻziga xos xususiyatlarini toʻliq yoritish imkonini berdi: "Makr va muhabbat" (1936, F. Shiller), "Otello" (1941, U. Shekspir), "Momaqaldiroq" (1938, 1955, A. Ostrovskiy), "Alisher Navoiy" (1945, Uygʻun va I. Sulton), "Hamlet" (1949, U. Shekspir), "Shohi soʻzana" (1952, A. Qahhor), "Yurak sirlari" (1953, B. Rahmonov) va boshqa

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz