Semyon Maltsev
Semyon Aleksandrovich Maltsev (ruscha: Семён Александрович Мальцев; 1904-yil, Qoʻqon shahri, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — 3-darajali harbiy yurist, Qizil Armiyada 100-oʻqchi diviziyasining harbiy prokurori, Ikkinchi jahon urushi davridagi rus hamkori. Rossiya milliy mehnat partiyasining asoschisi va rahbari.
Biografiya
Semyon Maltsev Qizil Armiyada100-oʻqotar diviziyasining harbiy prokurori edi. 1941-yil iyun oyida Semyon Maltsev Belorussiya SSRning Minsk shahri yaqinidagi Gʻarbiy frontda bedarak yoʻqoldi. Qoʻlga olingan yoki taslim boʻlganligi haqida maʼlumotlar mavjud emas.
1941-yil sentyabr oyida Semyon Maltsev Hammelburg shahridagi Rossiya Xalq Ozodlik Armiyasi harbiy ofitserlari asirlari uchun lagerda Rossiya Milliy Mehnat partiyasini tashkil etdi va unga rahbarlik qildi. Semyon Maltsev ham Rossiya Milliy mehnat partiyasi Markaziy qoʻmitasini boshqargan.
U oʻrta boʻyli, juda nozik, koʻzlarida yalligʻlanlanish bor edi. U ogʻir bosiq, oʻziga ishongan va magʻrur inson edi. U rus milliy partiyasini tayyorlash zarurligi haqida gapirar edi, chunki nemislar yaqinda Sovet Ittifoqini parchalashi mumkunligini va ularga yangi Rossiyani qurishda yordam berishimiz kerakligi haqida gapirgan edi[4].
1943-yilda Rossiya Milliy mehnat partiyasi tarqatib yuborildi va Semyon Maltsevning keyingi taqdiri nomaʼlumligicha qoldi.
Manbalar
uz.wikipedia.org