Semrush
Semrush bu SaaS platforma. Saytdan asosan Kalit so'zlar tahlili va onlayn reyting ma'lumotlar: qidirishlar soni (search valume) va o'rtacha kalit so'zlarning narxi (CPC) ni bilish uchun foydalaniladi. Platforma yuqoridagi ma'lumotlarni onlayn qidiruv mashinalari - Google va Bing dan oladi. Platforma Bostonda joylashgan Semrush Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, kompaniya asoschilari Oleg Shchegolev va Dmitri Melnikovlar hisoblanadi. 2020-yilgi ma'lumotlarga ko'ra, kompaniyada 980 ishchi ishlaydi. Kompaniyaning Boston,Filodelfiya, Chexiya Respublikasi, Kipr va Rossiyada ofislari mavjud.
Tarixi
Oleg Shchegolev va Dmitri Melnikov SEO ixlosmandlari bo'lib, soha rivojlanishi uchun bozordagi o'zgarishlar va eng yaxshi ma'lumotlarni yig'ib beradigan platforma yaratishni xohlashgan.
Platforma dastlab Seodigger nomi bilan ishga tushib, 2007-yilda SeoQuake kompaniyasiga o'zgartiriladi. Undan so'ng, platforma hozirgi nomi Semrushga o'zgartiriladi. 2016-yilda, platforma foydalanuvchilari 1 million nafarga yetdi va ular 100 dan ortiq davlat fuqorolari edi.
2018-yil aprelda kompaniya Greycroft, E.Ventures va Siguler Guff venchur kompaniyalari tomonidan olib borilgan moliyalashtirish bitimining bir qismi sifatida 40 million dollar miqdorida mablag oldi. Bu mablag'lar platformaning kengayishi va Amazon, Microsoft va Baidu tomonidan ishlab chiqilgan platformalarida tadqiqot ishlarini olib borishni ko'zda tutgan.
2020-yil dekabr oyida kompaniya o'z nomini "SEMrush" dan "Semrush" ga yangilab, rebrending o'tkazdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org