Sementchi (futbol klubi, Quvasoy)
"Sementchi" — Fargʻona viloyati, Quvasoy shahrining oʻzbek futbol klubi. Hozirda Oʻzbekiston Birinchi ligasida toʻp suradi.
Tarixi
1987-yilda tashkil etilgan. 1988-yilgi mavsumda klub Oʻzbekiston SSR chempionatida oʻynagan. 1997-yilda Oʻzbekiston chempionati Ikkinchi ligasi final bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 1998-yilgi mavsumdan boshlab Birinchi ligada qatnasha boshladi.
2002-yilda 2-oʻrinni egallab, Oliy ligaga yoʻl oldi. 2003-yilgi mavsumda Oliy ligada muvaffaqiyatsiz oʻynadi (oxirgidan oldingi, 15-oʻrin) va yana Birinchi ligani tark etdi.
2008-yilda moliyaviy muammolar tufayli klub Oʻzbekiston chempionati va kubogida ishtirok etishdan bosh tortdi. 2014-yilda qayta tiklandi va yana Ikkinchi liganing final bosqichida oʻynadi.
Keyingi 3 mavsumni Birinchi ligada oʻtkazdi va oʻz tarixida birinchi marta 2017-yilda uning gʻolibiga aylandi. Ammo keyin 2018-yilgi Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etishiga ruxsat berilmadi. Jamoa bir necga mavsum yarim professional tarzida Oʻzbekiston ikkinchi ligasida faoliyat olib bordi. 2022-yildan Oʻzbekiston ikkinchi ligasi o'tish turnirida 2-o'rinni olib 2023-yilgi Oʻzbekiston Birinchi ligasiga chiqdi.
Yutuqlari
Murabbiylar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org