Selçuk Uluergüven
Selçuk Uluergüven (1941-yil 1-yanvarda tugʻilgan – 2014-yil 8-yanvar vafot etgan) Turk kinosi, teatr va serial aktyori.
Faoliyati
Uning otasi Doğan Uluergüven 1960-yilda Aydın gubernatori boʻlgan. Yoshligida u oliy taʼlim olish uchun Germaniyaga ketgan.
1962-yilda Seçuk Uluergüven Ankaradagi Meydan teatr sahnasida oʻzining ilk faoliyatini boshladi. Keyingi yillarda Anqara Sanʼat teatri, Dormen teatri, Teatr TÖS, Halk Oyuncuları teatri va Sanatevi teatr sahnalarida rol oʻynadi. U koʻplab filmlar va teleseriallarda ham suratga tushgan. „Bizimkiler“ dramatik komediya teleserialidagi Dovut Usta roli bilan omma orasida keng shuhrat qozondi. Uluergüven Istanbulning Kadıköy tumanidagi Bahariye sanʼat markazining badiiy direktori ham boʻlib ishladi. 1998-2002-yillarda Kadıköy shahridagi kengash aʼzosi boʻlib ishlagan. Nihoyat, Aydin Sanat Evi teatriga asos soldi. U kinoaktyor Fevzi Oltunbuloqning ustozi. Oʻgli Eren Uluergüven otasi kabi sanʼatkor boʻlishni tanlagan.
Oʻlimi
Uluergüven 2014-yil 8-yanvar]da 73 yoshida Aydindagi Adnan Menderes universiteti kasalxonasida vafot etdi. Uluergüven oʻlimidan oldin uch oy davomida femur protezi chiqib ketganligi sababli davolanish uchun kasalxonada yotgan. Uluergüvenning oilasadida uning rafiqasi Turkan Uluergüven (64), oʻgʻli Emre va nabirasi Arya Sanatlar qoldi. Uning soʻnggi vasiyatiga binoan jasadi Istanbulga olib borilib koʻmildi. 10-yanvar kuni Caddeboston madaniyat markazida oʻtkazilgan xotira marosimi va Şakirin masjidida oʻtkazilgan diniy dafn marosimidan soʻng, u Zincirlikuyu qabristonida oʻgʻli Erenning qabri yoniga dafn qilindi.
Teatrdagi rollari
Filmlari
2 X 2 = 5 – 1974
Güllü Geliyor Güllü – 1973
Televizion seriallari
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org