Selma Lagerlöf




Selma Lagerlöf (1858.20. 11 - Morbakka - 1940.16.3) — shved yozuvchisi. Shvetsiya akademik aʼzosi (1914). Birinchi va koʻzga koʻringan yirik romani — "Iyost Berling haqida saga" (1891). Asar romantik uslubda yozilgan boʻlib, unda shved dehqonlarining turmush tarzi, orzu-umidlari aks ettirilgan. Lagerlöf Sitsiliya, Falastin va Misr safarlaridan soʻng "Dajjolning moʻʼjizalari" (1898) kitobi va "Quddus" (2 jildli, 1901 — 1902) romanini yozgan. Bolalar uchun yozilgan "Nils Xolgerssonning Shvetsiya boʻylab gʻaroyib sayohati" (1906) romani va "Botqoqdagi fermadan chiqqan qizcha" (1907) asari mashhur. Nobel mukofoti laureati (1909).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz