Selirong oroli
Selirong oroli (Malay tilida
Pulau Selirong ), shuningdek,
Iskabtopar nomi bilan ham mashhur boʻlgan bu orol Bruney hududidagi Bruney koʻrfazi, Mukim Labu vaTemburong tumani oraligʻida joylashgan. Orolning joylashishi, shuningdek , Temburong daryosining deltasiga ham toʻgʻri keladi.
Tarix
1948-yilda maydoni 2,499 gektar boʻlgan Labu-Selirong yovvoyi tabiat qoʻriqxonasi tashkil etildi. Dastlab, 1950- yilda Andulau va Selirong oʻrmon qoʻriqxonasi uchun oʻylangan rejalar oʻsha yildanoq boshlanishi kutilgan edi, biroq keyinchalik amalga oshmadi. 1954-yilda Labu-Selirong yovvoyi tabiat qoʻriqxonasi maydoni 8,984 gektarga kengaytirildi.
Turizm
Bu yerda Selirong oroli mangrov bogʻi va Selirong oʻrmon qoʻriqxonasi joylashgan. Orol eng katta mangrov botqoqlari va maydoni 2566 gektar boʻlgan yovvoyi tabiat qoʻriqxonasidan tashkil topgan. Selirong tadqiqot,ekoturizm va taʼlim maqsadlarida foydalaniladigan oʻnta oroldan biridir. Oroldagi yovvoyi tabiatni kuzatish va tadqiq qilish uchun, xususan, 2kilometrlik yo‘lak va kuzatuv minorasi qurilgan.
Hayvonot
Uzun burunli maymunlar, makakalar, koʻktoʻrgʻaylar va burgutlar Hayvonot olamini tashkil etadi.
Oʻsimlik olami
Pulau Selirong oʻrmon istirohat bogʻidan qoziq ildizlari, nipah palmalari, bakau daraxtlari kabi oʻsimliklarni topish mumkin.
Transport
Orolga faqat Bandar Seri Begavandan tezyurar qayiqlar orqali borish mumkin. Muara oroliga taxminiy 45 daqiqa ichida Bruney daryosi va Bruney koʻrfazi orqali yetib borish mumkin.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org