Selim Nurmurodov
Selim Berdimurodovich Nurmurodov (turkmancha: Selim Berdimyradowiç Nurmuradow; 22-mart, 1996-yil, Ashxobod) – turkman va rus futbolchisi, Oltin Asir jamoasida hujumchisi pozitsiyasida oʻynaydi.
Faoliyati
Selim futbolchi oilasida tugʻilgan, uning otasi Berdimurod Nurmurodov mashhur turkman futbolchisi.
Qozonning „Rubin“ futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, 2013-yildan 2014-yilgacha „Rubin“ yoshlar jamoasi tarkibida oʻynagan.
2014-yilda u Turkmanistonga qaytib, Ashxobodning „Oltin Asir“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2014-yilning 16-avgustida „Dashgouz“ jamoasiga qarshi oʻyinda yangi jamoasi safidagi ilk golini kiritdi. 2015-yilning 10-fevralida „Al-Saqr“ ga qarshi oʻyinda OFK kubogida debyut oʻyinini oʻtkazdi.
2020-yilning yanvarida Nurmurodov Toshkentning „Bunyodkor“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan edi. Mavsum davomida hujumchi Oʻzbekiston chempionatida 17 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan.
2021-yil 12-mayda u Livanning „Al-Ahd“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. 2021-yilning 21-may kuni u OFK kubogi guruh bosqichida „Al-Vahda“ga qarshi oʻyinda (0:0) debyut qildi.
Jamoa
2015-yil yanvar oyida u ilk bor Turkmaniston yoshlar terma jamoasiga 2015-yilgi Hamdoʻstlik kubogida ishtirok etish uchun chaqirildi va Estoniya bilan oʻyinda 2 ta gol urdi.
Yutuqlar
Manbalar
uz.wikipedia.org