Selena
Selena Quintanilla-Pérez (talaffuzi: Selena Kuintaniya-Perez; 16-aprel, 1971 – 31-mart, 1995), yoki shunchaki
Selena , amerikalik qoʻshiqchi-shoir boʻlgan. U Billboard jurnali tomonidan uning oʻn toʻrt top-oʻn singli uchun „90-yillar top Lotin artisti“ va „Dekadaning eng sotuvchi Lotin artisti,“ deb eʼtirof etilgan. Selenaʼning eng omadli ashulalari 1994-va 1995-yillardagi „Amor Prohibido“ va „No Me Queda Más“ boʻldi. Selenaʼni The New York Times gazetasi „meksikalik Madonna,“ deb atagan.
Selena 23 yoshida uning muxlislari klubi prezidenti Yolanda Saldívar tomonidan oʻldirildi. 1995-yil 12-aprelida, Selena vafotidan ikki hafta oʻtib, oʻsha paytda Texas gubernatori boʻlgan George W. Bush uning tugʻilgan kunini „Selena Kuni,“ deb eʼlon qildi. Warner Bros. unga baxsh qilib, 1997-yili Selena filmini chiqardi, unda bosh rolni Jennifer Lopez oʻynadi. Selena albomlari dunyo boʻlab 60 milliondan oshiq nusxada sotildi.
Diskografiyasi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org