Selemja




Selemja — Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatidagi dare, Zeya daryosining (Amur havzasi) chap irmogʻi. Uz. 647 km, havzasining maydoni 68,6 ming km². YamAlin va Ezop togʻlari tutashgan joydan boshlanadi. Quyi oqimida ZeyaBureya tekisligining shim. cheti boʻylab oqadi. Yomgʻir va qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 715 m³/sek. Noyab.da muzlab, may boshlarida muzdan boʻshaydi. Nora daryosi quyiladigan yerdan boshlab quyilish joyigacha (326 km) kema qatnaydi. S.ning yuqori oqimida oltin koni bor.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz