Sekvoyya




Mamont daraxti , sekvoyya, sekvoyadendron (Sequoia, Sequoia-dendron) — taksodiydoshlar oilasiga mansub bir uyli daraxtlar turkumi. Boʻyi 100 m cha, tanasining diametri 6–10 m. 2 ming yilcha yashaydi. Shim. Amerikaning gʻarbiy sohillarida va Kaliforniyada usadi. Mamont daraxtining yogʻochi pishiq, binolar va gidrotexnik in-shootlar qurishda, temir yoʻl shpallari, telegraf ustunlari va mebel tayyorlashda ishlatiladi. Doim yashil Mamont daraxti va gigant Mamont daraxti degan turi bor. Oʻzbekistonda manzarali usimlik sifatida ustiriladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz