Sekstet




Sekstet (lot. sexta — oltinchi) 1) olti ijrochi (sozanda yoki xonanda)dan iborat ansambl; 2) shu ansambl ijrosiga moʻljallangan musiqa asari. Ilk namunalarini italyan kompozitori L. Bokkerini (1743—1805) yaratgan. Cholgʻu S. kamer musiqa turi boʻlib, odatda, sonata turkumi shaklida yoziladi(mas, P. Chaykovskiyning "Florensiya xotiralari" torli Si). Vokal S.lar, asosan, operada uchraydi (mas, V. Motsartning "Don Juan" operasidagi S). Oʻzbekiston kompozitorlaridan I k. Akbarov va boshqa S. yaratgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz