Sekstant




Sekstant (lot. sextans — oltinchi) — ufq ustidagi osmon yoritqichlarining balandligini belgilash yoki kuzatuvchi joyi koordinatalarini aniqlash maqsadida koʻrinadigan jismlar orasidagi burchaklarni oʻlchash uchun moʻljallangan koʻzguliqaytargichli asbob. Uning yordamida 140° gacha burchaklarni oʻlchash mumkin. S.ning ishi yorugʻlikning yassi koʻzgulardan qaytish qonuniga asoslangan. Asosan, korpus, kuzatuv trubkasi (optik trubka) va shkaladan iborat. Limbi aylananing 1/6 qismi (60°) ni tashkil kiladi (nomi shundan). S. yordamida, mas, kosmonavt osmondagi oriyentirlar orasidagi burchak masofani yoki Oy sirtiga qoʻnganda ularning mahalliy ufqsan balandligini aniqlaydi. S. qadimdan koʻpgina rasadxonalarda (mas, Ulugʻbekrasadxonasit) qoʻllanib kelgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz