Sekst empirik




Sekst empirik (Sextus Empiricus) (taxminan 200—250) — yunon faylasufi, shifokori, qad. klassik skeptitsizm vakili. Aleksandriya va Afinada yashagan. Pirrondan tortib Enesidemgacha boʻlgan yunon skeptiklarining fikrmulohazalarini toʻplagan va tizimga solgan, mantiqning dastlabki tarixchilaridan. "Matematiklarga qarshi" asarida S.E. grammatika, ritorika, geom., arifmetika, astronomiya, musiqa nazariyasini tanqid qiladi, shuningdek, ayrim mantiqiy, fizika va axloqqa oid taʼlimotlar, x.atto xudo tushunchasi va barcha liniy eʼtiqodlarga eʼtiroz bildiradi. U hayotda beparvo boʻlishni,. tabiiy ehtiyojlar, mayllar, mavjud tartib va udumlarga boʻysunishni targʻib qilgan. Uning fikricha, baxt — ruhiy xotirjamlik va muʼtadil xohishdan iborat.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz