Sekretlar




Sekretlar (lot. secretus — ajratilgan) — bez hujayralari ishlab chiqaradigan va ajratadigan modda. Fiziologik ahamiyatiga koʻra, sekretsiya mahsulotlari inkretlar (gormon) va ekskretlarga boʻlinadi. Kimyoviy tarkibiga koʻra, koʻpchilik S. oqsil (meʼdaichak yoʻlidagi va meʼda osti bezi fermentlari), polipeptid (mas, gipofiz gormonlari), steroid (jinsiy va buyrak usti bezi gormonlari) boʻlishi mumkin. Shuningdek, S. tarkibiga noorganik birikmalar (meʼda bezlari ishlab chiqaradigan xlorid kislota tuzlari va h.k.) ham kiradi. S.lar nordon va kislotali reaksiyaga ega boʻladi. Organizmning normal hayot faoliyati uchun S. muhim ahamiyatga ega.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz