Sejad Salihović
Sejad Salihović (bosniyacha talaffuzi: [sějad sâːlixoʋitɕ]; 1984-yil 8-oktyabrda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi. U 1899 Hoffenheim II jamoasida oʻynaydi. Salihović faoliyatining katta qismini Germaniya Bundesligasida 1899 Hoffenheimda oʻtkazgan. U, shuningdek, Hertha BSC, Beijing Renhe, St. Gallen va Hamburger SV klublarida ham oʻynagan.
Sakkiz yil davomida, 2007-yildan 2015-yilgacha Salihović Bosniya va Gersegovina terma jamoasida oʻynab, 47 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urgan. U birinchi yirik turnirda, 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatida mamlakatni himoya qildi.
Klubdagi faoliyati
Dastlabki faoliyati
Salihović faoliyatini quyi ligadagi Minerva Berlin va Hertha Zehlendorfning yoshlar jamoalarida boshlagan. 2000—2001-yilgi mavsumda u Hertha BSCga oʻtdi, u yerda 17 yoshgacha boʻlganlar hamda 19 yoshgacha boʻlganlar jamoalarida oʻynadi va 2003-yilda zaxira jamoasiga oʻtdi.
Hertha BSC
Salihović 2004-yilda asosiy jamoaga koʻtarilgan. U 2004-yil 26-sentyabrda Bundesliga doirasidagi Hamburger SVga qarshi oʻyinda professional debyutini oʻtkazdi va oʻyin 1:2 hisobida magʻlubiyat bilan yakunlandi.
1899 Hoffenheim
2006-yilda Salihović 1899 Hoffenheimga oʻtdi. Birinchi mavsumida Regionalliga Südda jamoasida, oʻsha paytda Germaniyaning uchinchi ligasida oʻynagan. Mavsum oxirida jamoa bilan birga Bundesligada 2-oʻringa koʻtarilishga muvaffaq boʻldi.
Salihović Kicker jurnali tomonidan 2 ta eng yaxshi oʻyinchi sifatida baholangan. Bundesliga 2007—2008-yilgi mavsumida eng yaxshi umumiy baholarga ega boʻldi va 1899 Hoffenheim yana bir marta Bundesligaga koʻtarildi.
Salihović 1899 Hoffenheimga Bundesliganing birinchi mavsumida birinchi oʻrinni egallashga yordam berdi. Biroq, ular bir xil ritmda davom eta olmadilar va mavsumni atigi yettinchi oʻrinda yakunladilar.
2012—2013-yilgi mavsum oxirida Salihović Borussiya Dortmundga qarshi kechgan oʻyinda ikki marta penaltidan gol urib, jamoasini quyi ligaga tushib qolishdan saqlab qoldi.
Uning 1899 Hoffenheimdagi soʻnggi mavsumlari jarohatlar bilan ogʻir oʻtib, oʻyin vaqti va faoliyatini cheklab qoʻydi.
Salihović 9 yildan soʻng 2015-yilda 1889 Hoffenheimni tark etib, klub tarixidagi rekordchiga aylandi.
Beijing Renhe
2015-yil 7-iyun kuni 1899 Hoffenheim rasmiy veb-saytida Salihović klubni tark etib, Xitoy Super ligasi vakili Beijing Renhega oʻtishini eʼlon qildi.
St. Gallen
2017-yilning fevralida Salihović Shveysariya Super ligasi vakili St. Gallen bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi. Shartnomasi uzaytirilmagani uchun u 2017-yilning iyun oyida klubni tekin transfer asosida tark etgan.
Hamburger SV
2017-yil 13-sentyabrda Salihović Hamburger SV bilan bir yillik shartnoma imzoladi va ikki yildan koʻproq vaqt oʻtib Bundesligaga qaytdi. U 15-sentyabr kuni Hannover 96ga qarshi oʻyinda (0:2) debyut qildi. Salihović birinchi golini Mainz 05ga qarshi oʻyinda, yakunda 2:3 hisobida magʻlub boʻlganida kiritdi. Mavsum oxirida Salihović shartnomasi uzaytirilmagani uchun klubni tark etdi.
Isteʼfo
2019-yil 4-aprelda Salihovićning maslahatchisi Tolga Dirican koʻpchilik 2. Bundesliga klublarining takliflariga qaramay, Salihović faoliyatini yakunlashga qaror qilganini eʼlon qildi. 2021-yilda u professional futbolga qaytdi va 1899 Hoffenheim II tarkibida oʻynadi.
Xalqaro faoliyati
Salihović Bosniya va Gersegovinaning 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasining doimiy aʼzosi edi. 2006-yil oktyabr oyida Bosniya va Gersegovinaning 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasida oʻynab, 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi 2007-yilgi UEFA Yevropa chempionatining pley-off bosqichida 21 yoshgacha boʻlganlar Chexiya terma jamoasiga qarshi 2:3 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda Salihović ikki marta gol urdi. Uning ikkala goli ham 25 metrlik yuqori masofadan zarba boʻldi.
Oʻshandan beri Salihović kattalar safiga koʻtarilib, jamoaning muhim aʼzosiga aylandi. U 2007-yil 13-oktyabrda Euro 2008 saralashida Gretsiyaga 2-3 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda debyut qildi va 2009-yil 9-iyun kuni oʻrtoqlik uchrashuvida Ummonga qarshi oʻyinda ilk golini kiritdi. Salihovićning sevimli pozitsiyasi yarim himoyada boʻlsa-da, boshqa variantlar yoʻqligi sababli u koʻpincha chap qanot himoyachisi sifatida foydalanilgan. 2010-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi pley-off bosqichida Portugaliyaga qarshi oʻyinda nojoʻya xatti-harakati tufayli Salihović toʻrtta oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi va Lyuksemburg, Fransiya, Albaniya hamda Ruminiyaga qarshi UEFA Euro 2012 saralash oʻyinlarini oʻtkazib yubordi. U Bratislavada Bosniya 3:2 hisobida gʻalaba qozongan Slovakiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun qaytdi.
2014-yil iyun oyida Salihović Bosniya va Gersegovina terma jamoasining mamlakatdagi birinchi yirik musobaqasi boʻlgan 2014-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionatiga kiritildi. U Bosniya terma jamoasining Jahon chempionatida oʻynagan uchta oʻyinida ham qatnashgan. Argentina hamda Nigeriyaga qarshi 2:1 hamda 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan va Eronga qarshi 3:1 hisobida gʻalaba qozongan.
Bosniya 2016-yilgi UEFA Euro chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmaganidan soʻng, Salihović buni hech qachon eʼlon qilmagan boʻlsa ham, terma jamoani tark etdi.
Shaxsiy hayoti
Salihović va uning oilasi 1992-yilda, Bosniya urushi boshlanishidan oldin Berlinga koʻchib ketishgan. 2009-yil iyun oyida, 17 yildan soʻng, Sejad Salihović tugʻilgan Zvornik shahriga tashrif buyurdi, u yerda ota-onasi Ismet va Fadila uylarini taʼmirlayotgan edi. Uning sevimli mashgʻulotlariga kitob oʻqish, futbol oʻynash va oilasi bilan vaqt oʻtkazish kiradi.
2014-yil 15-dekabrda Salihović sevgilisiga uylandi. 2015-yil aprel oyida er-xotin oʻgʻil farzandning ota-onasi boʻlishdi. Er-xotin 2019-yilda koʻplab janjallardan keyin rasman ajrashishdi.
Oʻyin uslubi
Salihović chap oyogʻi bilan kuchli zarba beradi va nafaqaga chiqish vaqtigacha jarima zarbalari boʻyicha mutaxassis edi.
Faoliyat statistikasi
Klub
2018-yil 29-avgust holatiga koʻra[43]:
Xalqaro
2015-yil 13-oktabr holatiga koʻra[44]:
Xalqaro gollar
Gollar va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Bosniya va Gersegovinaning gollari qayd etilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org