Segoh




Segoh (fors. — uch oʻrin, uch parda) — 1) Oʻn ikki maqom tizimida maʼlum shoʻʼba nomi. Manbalarda koʻrsatilishicha, S. 3 pogʻonali tovushqator boʻlib, pardalari 2 ta butun ton oraligʻida joylashgan; 2) Shashmaqom va Xorazm maqomlari tarkibida beshinchi maqom. Tovushqatori eoliy (minor) gammaga toʻgri keladi. Shashmaqomdagi S.ning mushkilot boʻlimi — Tasnifi S, Xafifi S, Garduni S, Muhammasi S, Muhammasi Ajam, Muhammasi Mirza Hakim, Saqili Bastanigor, nasr boʻlimi — 1 va 2 guruh shoʻʼbalaridan iborat. Ulardan birinchisi Saraxbori S (6 ta taronasi va suporishi bilan), Talqini S. (taronasi bilan), Nasri S. (taronasi bilan), Navroʻzi Xoro (uchta taronasi va suporishi bilan), Navroʻzi Ajam (taronasi bilan) hamda Ufar va Suporish qismlaridan iborat. S.ning 2 guruh shoʻʼbasi Moʻgʻulchai S. deb nomlanib, Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar qismlarini oʻz ichiga olgan. S. maqom pardalari asosida juda koʻp ashula va cholgʻu yoʻllari yaratilgan: "Segoh", "Girya" III, "Ilgʻor", "Guluzorim", "Figʻon", "Nimchoʻponiy" ashulalari, "Mushkiloti Segoh" kuyi va uning ufari va boshqa S. yoʻllaridan Oʻzbekiston kompozitorlari barakali foydalanishgan (mas, R.Glier va T. Sodiqovning "Layli va Majnun" operasi; Yu. Rajabiy va boshqa Nadejdinning hamda S. Boboyevning "Segoh" simfonik poemalari, M. Tojiyevning 3, T. Kurbonovning 5simfoniyalari va boshqalar).

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz