Segment




Segment (lot. segmentum — kesma, seco — kesaman) — 1) tekislikdagi S. — egri chiziq va shu yoy uchlarini tutashtiruvchi vatar bilan chegaralangan tekis shakl. Doiraviy AtV S. yuzi (rasmga q.) OAtV sektor yuzi bilan AOV uchburchak yuzining ayirmasiga teng; 2) fazoviy S. — fazoviy jismni tekislik bilan kesganda undan ajratib olingan shaklning sirti bilan shu tekislik orasidagi qismi; 3) S. yoki kesma — toʻgʻri chiziqning A va V nuqtasi orasidagi nuqtalarning A va V nuqtalarini ham oʻz ichiga olgan toʻplami. Boshqacha aytganda, S. toʻgʻri chiziqning koordinatalari a<x< b shartni qanoatlantiradigan nuqtalar toʻplami.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz