Sefo




Seyfulla Saqir (1998-yil 16-martda tugʻilgan), Sefo nomi bilan tanilgan. Turkiyalik reper va bir qancha qoʻshiqlar muallifi. U Turkiyada reggaeton elementlaridan iborat “Bilmem mi?” qoʻshigʻi bilan shuhrat qozongan.

Hayoti



Seyfulla Saqir 1998-yil 16-martda Samsun shahrida tugʻilgan.

2018-yil mart oyida u oʻzining birinchi "Yalan" qoʻshigʻini kuylaydi. 2019-yil fevral oyida ikkinchi "Poz" qoʻshigʻini kuylaydi. Muvoffaqiyatli professional musiqa karerasini davom ettirishga qaror qiladi. 2019-yil 18-aprelda u "Up Down", keyin esa 2019-yil iyun oyida "362" qoʻshiqlarini namoyish qiladi. Uning aksariyat qoʻshiqlarida pop elementlari ham mavjud.

2020-yil 21-fevralda u Aerro va Yase ishtirokida "Başa Sar" qoʻshigʻini chiqardi. "Ardyndan", "YOUNGSTAR", "Ihtiyacım Yok", "Liman", "Toz Duman", "Bonita (ft. Reynmen)" va "Bilmem mi?" qoʻshiqlari Turkiyadagi musiqiy chartlarda birinchi oʻrinni egallagan.

2022-yil iyun oyida Turkiyaning Bodrum shahrida boʻlib oʻtgan kontserti chogʻida tuman hokimligi nomidan ish yurituvchi rasmiylar tomonidan bahsli sabablarga koʻra sahnadan olib tashlangan edi. Sababi, tungi soat 1 dan keyin davom etadigan musiqiy tadbirlarni taqiqlovchi Koronavirus pandemiyasi cheklovi edi. Biroq, Sefo va uning muxlislarini gʻazablantirgan narsa, noaniq sabablarga koʻra, majburan olib tashlash soat 12:30 da sodir boʻlgan.

Maʼlumotnomalari




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz