Sefey




Sefey (lot. Cepheus) — osmonning Shimoliy qutbi yaqinidagi yulduz turkumi; Kichik Ayiq, Oqqush, Kaltakesak, Jiraf va Ajdar yulduz turkumlari orasida joylashgan; 1784-yilda kashf qilingan. Eng ravshan yulduzi 3-yulduz kattaligida; S.ning 8 yulduzi oʻzgaruvchan boʻlib, sefeidalar deb ataluvchi oʻzgaruvchan yulduzlar sinfining nomi shu yulduz bilan bogʻliq. Oʻzbekiston hududida yil boʻyi koʻrinadi.

uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz