Sedrik Villani
Cédric Villani (talaffuzi: Sedrik Villani) (1973-yil 5-oktyabrda tugʻilgan) — fransiyalik matematik. Villani matematik tahlil boʻyicha mutaxassisdir. Xususan, qisman differensial tenglamalar, Riemannian geometriyasi hamda metamatik fizika sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. 2010-yil Fields medali bilan taqdirlangan.
Villani 2017-yil Fransiya parlamentining quyi palatasi boʻlmish Milliy assambleyaga saylangan. Emmanuel Macron asos solgan La République En Marche! partiyasi aʼzosi. 2017-yil Fransiya parlamentining Ilmiy va texnologik tanlovlar idorasi vitse-prezidenti etib tayinlangan.
Villani statistik mexanikada ishlatiladigan qisman differensial tenglamalar boʻyicha ishlari bilan shuhrat qozongan. Xususan, olim Laurent Desvillettes bilan hamkorlikda Boltzmann tenglamasida ekvilibriumga yaqin boʻlmagan ilk qiymatlar uchun konvergensiya qanchalik tez sodir boʻlishini koʻrsatib bergan.
Manbalar
uz.wikipedia.org