Sedana




Sedana (Nigella L.) — ayiqtovondoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; ziravor ekin. Asosan, yovvoyi S. (N. integrifolia Rgl.), madaniy ekma S. (N. sativa) turi Kavkaz va Oʻrta Osiyoning adir va togʻlarida uchraydi. Ziravor oʻsimlik sifatida ekiladi. Boʻyi 20— 75 sm, poya tubidagi barglari butun, yuqoridagilari panjasimon boʻlingan. Bargi (mevasi) tuklar bilan qoplangan. Aprel—may oylarida gullab urugʻlaydi. Yaxshi asal beradi. Uning qoramtir xushboʻy urugʻlarida efir moyi bor. Non pishirishda, karam va bodring tuzlashda, veterinariya va tabobatda ishlatiladi. Urugʻi ochiq maydonlarga erta bahorda sepiladi. Damashq S.si (N. damasceana L.) turi manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Urugʻi tarkibida damassenin alkaloidi va efir moyi bor.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz