Seboreyali dermatit
Seboreyali dermatit — yogʻ bezlari faoliyatining buzilishi (giperfunksiyasi)
natijasida kelib chiqadigan teri kasalligi boʻlib, „
seboreya “ soʻzi
„yogʻ oqishi“ degan maʼnoni bildiradi. Kasallik asosida teri yogʻ
bezlarining sekretor funksiyasini buzilishi yotadi, bunday holat
yogʻlarning koʻp miqdorda ajralishi koʻrinishida namoyon boʻladi.
Kasallik belgilari koʻpincha bemorlarning balogʻat yoshlarida yuzaga
keladi, jarayon asosan boshning sochli qismida, lunj sohalarida,
koʻkrak hamda tana orqa teri sohalarida joylashadi. Kasallikka
endokrin, asab tizimlari va ichki aʼzolar kasalliklari sabab
boʻladi.
Shuningdek boshning sochli qismi, bet, quloq sohalari, yelka,
kurak sohasi terisining eritematoz fonida diffuz kepaklanish bilan
kechuvchi teri kasalligi.
Etiologiyasi
Toʻliq oʻrganilgan emas. Pityrosporum ovale zamburugʻi
keltirib chiqaruvchi yoki kelib chiqishiga sabab boʻluvchi omil deb
qaraladi.
Klinikasi
Seboreya kasalligining yogʻli klinik shakli inson organizmida
androgenlar miqdorining koʻpayib ketishi bilan bogʻliq boʻlib,
bemorlar teri yuzalari xuddi yogʻ surtib qoʻyilganga oʻxshab yaltirab
turadi. Jarayon boshning sochli qismlarida sargʻimtir-jigarrang
tangachalar koʻrinishlarida boʻlib, bunday teri asosida koʻpincha
seboreyali ekzema, oʻchoqli alopetsiya[[]], husnbuzar kabi kasalliklar
rivojlana boshlashi mumkin. Yogʻlanish jarayoni sababli, teri rN
muhitining oʻzgarishi hisobiga ikkilamchi infeksiyalarning
qoʻshilishi, yiringli kasalliklarning hosil boʻlishi kuzatiladi.
Seboreya kasalligining quruq klinik shaklida teri yogʻ bezlaridan
kam miqdorda yogʻ ajralishi holati kuzatiladi, natijada teri
yuzalari qurib, poʻst tashlay boshlaydi, boshning sochli qismlarida
mayda, kepaksimon tangachalar, qipiqlar paydo boʻla boshlaydi,
sochlar xiralashadi, moʻrtlashadi va toʻkila boshlaydi, bemorlarni
qichishish kabi salbiy holatlar bezovta qiladi.
Boshning sochli qismi, quloq supralari orqasida, peshona,
lab-burun burmalarida, koʻkrak suti bezlari oraligʻida va yelka, kuraklar
oraligʻida sargʻish-qizgʻish dogʻlar, tugunchalar paydo boʻladi, ular
kengayib, dumaloq, oval koʻrinishdagi, oʻlchamlari tangadek, yuzasi
kepaklanuvchi oʻchoqlar hosil boʻladi. Kepaklar siyrak, qoʻngʻir,
qoʻngʻir-sargʻish tusda boʻlib, ular qirib koʻrilsa, oʻrnida namlanish va
mayda nuqtali qontalashishlar (Brok-simptomi) kuzatiladi. Goʻdaklarda
bu jarayon yuz, boʻyin, qorin burmalari terilariga tarqalib, rivojlangan
eritema va kepaklanishlar holida kechadi. Ayrim hollarda boshda,
yonoqlar, qovoqlarda kuzatiladi. Jarohatlangan teri qichishadi va koʻp
miqdorda Pityrosporum obale aniqlanadi.
Tashxisi
Differensial tashxisi
Davosi
Mahalliy davo (asosiy)
% ixtiol pastasi);
kremi).
Umumiy davo
Manbalar
uz.wikipedia.org