Sebastián Vegas




Sebastián Ignacio Vegas Orellana (talaffuzi: Sebastyan Ignasio Vegas Oraliana; 1996-yil 4-dekabrda Chilining Santyago shahrida tugʻilgan) — chililik futbolchi, „Monterrey“ futbol klubi va Chili terma jamoasi himoyachisi.

Klublardagi faoliyati



Vegas „Audax Italiano“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013-yil 11-avgustda u Chili premyer ligasida „O'Higgins“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. 2014-yilning 7-aprelida „Deportes Iquique“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Sebastián „Audax Italiano“ futbol klubi safida ilk golini urgan. 2016-yilning yozida Vegas Meksikaning „Monarcas Morelia“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 2-oktabr kuni „Guadalajara“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Meksika premyer ligasida debyut qilgan. 2017-yil 23-avgustda „UNAM Pumas“ futbol klubiga qarshi bahsda Sebastián „Monarcas Morelia“ futbol klubi safida birinchi golini urgan.

Xalqaro faoliyati



2013-yilda Chili yoshlar jamoasi tarkibida Vegas Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Braziliya, Boliviya, Urugvay va Peruga qarshi oʻynagan. Urugvayliklarga qarshi kechgan bahsda Sebastián gol urgan.

2015-yilda futbolchi L'Alcudia turnirida g'olib chiqqan va oltin medallarni qoʻlga kiritgan.

Vegas 2015-yilning yanvar oyida AQShga qarshi o'rtoqlik o'yini uchun Chili terma jamoasiga ilk bor chaqiruv olgan.

2015-yil boshida Vegas Chili yoshlar terma jamoasi tarkibida Urugvayda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Venesuela, Urugvay, Braziliya va Kolumbiya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2018-yil 31-may kuni Vegas Ruminiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Chili terma jamoasi safida debyut qilgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz