Sebastiao Salgado
Sebastião Ribeiro Salgado Júnior 1944-yil 8-fevralda Braziliyada tug`ilgan. Ijtimoiy hayotni suratga olish va fotojurnalistika sohasida faoliyat olib borgan
U fotografik loyihalarini amalga oshirish uchun 120 dan ortiq mamlakatlarda sayohat qilgan. Salgadoning asarlarining katta qismi ko'plab matbuot nashrlarida va kitoblarda nashr etilgan. Butun dunyoda uning fotosuratlarining ko'rgazmalari namoyish etilgan.
Salgado UNICEFning yaxshi niyat hamjamiyatining elchisi hisoblanadi. U 1982-yilda U.Yevgeniy Smit xotira fondi granti, 1992-yilda Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining xorijiy faxriy aʼzoligi va 1993-yilda Qirollik fotograflar jamiyatining 100 yillik medali va faxriy stipendiyasi (HonFRPS) bilan taqdirlangan. U 2016-yil aprel oyidan beri Fransiya instituti qoshidagi Go‘zal san’at akademiyasining faxriy a’zosi hisoblanadi.
Hayoti
Salgado 1944-yil 8-fevralda Braziliyaning Minas -Jerais shtatidagi Aimores shahrida tug‘ilgan. Salgado iqtisodchi sifatida ta'lim oldi. UFESda bakalavr darajasini, Braziliyaning San-Paulu universitetida magistr darajasini va Parij universitetida PhD darajasini oladi.
U Xalqaro Qahva Tashkilotida iqtisodchi sifatida ish boshladi. Shuningdek Jahon bankining topshiriqlari sababli ko`p bora Afrikaga sayohat qilgan.
Fotosuratlari
Salgado ilk professional fotosuratlarni Afrikadagi sayohatlari davomida olgan. U 1973-yilda fotografiyaga sohasiga o'tganligi sababli iqtisodchi sifatida o`z faoliyatiga yakun yasaydi. Fotojurnalistika sohasiga o`tganining ilk davrlarida, matbuotda chiqadigan yangiliklar uchungina fotolar oladi. Keyinchalik esa hujjatli filmlarni ham suratga olgan.
Salgado dastlab Sygma va Parijdagi Gamma foto agentliklari bilan ishlagan. Ammo 1979-yilda u Magnum Photos xalqaro fotograflar kooperativiga qo'shilgan. U 1994-yilda rafiqasi Leliya Vanik Salgado bilan Parijda o'z ishini namoyish qilish uchun Amazonas Images agentligini tuzish maqsadi sababli Magnumni tark etadi. U ayniqsa, rivojlanish darajasi juda past bo`lgan davlatlardagi ishchilarning ijtimoiy hayotini yoritib bergan fotosuratlari bilan mashhur bo`lgan. Uning asarlari hozirda Parijdagi muzeyda saqlanadi.
Salgado mustaqil ravishda katta hajmli loyihalar ustida ishlaydi va Boshqa Amerika, Sahel, Ishchilar, Migratsiya va Ibtido kabi asarlari alohida kitob sifatida nashr etilgan. Ularning eng oxirigi uchtasi butun dunyoda olingan yuzlab tasvirlarga ega bo`lgan juda ulkan to'plamlar hisoblanadi. Uning eng mashhur suratlari Braziliyadagi Serra Pelada nomli oltin konidagi tasvirdir. U, shuningdek, 2001-yildan beri UNICEFning yaxshi niyat hamjamiyatining elchisi hisoblanadi.
2004-yildan 2011-yilgacha Salgado tabiat va insoniyatning benuqson yuzlarini taqdim etish maqsadida Ibtido tasvirlari turkumi ustida ishlaydi. Bu turkum yovvoyi tabiat manzaralari, shuningdek, ajdodlar an’analari va madaniyatiga mos ravishda yashashni davom ettirayotgan qabilaviy inson jamoalarining suratlaridan iborat. Ushbu ish to'plami insoniyatning tabiatda o'zini qayta kashf etishi uchun potentsial yo'l sifatida ishlab chiqilgan.
Ommabop ichimlikning kelib chiqishi haqida aholining xabardorligini oshirish maqsadida Salgado 2007-yil sentyabr va oktyabr oylarida Londondagi Braziliya elchixonasida Hindiston, Gvatemala, Efiopiya va Braziliyadan kelgan qahvachilar suratlarini namoyish etgan.
Salgado Braziliyadagi Amazon tropik o'rmonlari (Amazoniya) manzarasi va odamlarini ham suratga olgan.
Rejissyor Vim Venders va Salgadoning o'g'li Juliano Ribeiro Salgado tomonidan Salgado va uning ijodiy faoliyati haqida "Yer tuzi" (2014) nomli film suratga olingan.
Ekologiyaga oid fotosuratlari
Mukofotlari
Shon-shuhrat
Nashrlar
Manbalar
uz.wikipedia.org