Sebastian Stan




Sebastian Stan (talaffuzi: Sebastyan Sten; 1982-yil 13-avgustda tugʻilgan) asli rumin boʻlgan amerikalik aktyordir. Stan Birinchi qasoskor, Birinchi qasoskor: Qish askari (2014), Chumoli-odam (2015), Birinchi qasoskor: Qarshilik (2016), Qora Pantera (2018), Qasoskorlar: Abadiyat jangi (2018), Qasoskorlar: Intiho (2019) va Lochin va qishki askar (2021) filmlarini oʻz ichiga olgan Marvel kinematografiya koinoti filmlarida Bucky Barnes / Qish askari personajini jonlantirgan.

U koʻplab teleseriallarda ham rol ijro etgan boʻlib, bularga Gossip Girl (Carter Baizen rolida), Kings (Shahzoda Jack Benjamin rolida), Once Upon a Time (Jefferson rolida) va Political Animals (T.J. Hammond rolida) kabilarni kiritish mumkin. Yuqoridagi ikkinchi teleserial unga eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor uchun Critics' Choice Television Awardga nomzodlikni olib keldi. U Jonathan Demme tomonidan suratga olingan Ricki and the Flash komediya-dramasi va Ridley Scott tomonidan suratga olingan Marslik nomli ilmiy-fantastik filmida rol oʻynadi. 2017-yilda esa Men, Tonya filmida Jeff Gilloolyni gavdalantirgan.

Filmografiyasi



Film




Televideniye




Videooʻyinlar




Musiqiy videolar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz