Sebastian Polter
Sebastian Polter (1991-yil 1-aprelda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliganing „Schalke 04“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Erta faoliyati
Polter 2008-yil iyulidan 2012-yil iyunigacha VfL Volfsburg II tarkibida oʻynagan. 2008-09-yilgi mavsumda Polter 10 ta oʻyin oʻtkazib, birorta ham gol ura olmadi. 2009-10-yilgi mavsumda Polter 15 oʻyinda maydonga tushib, uchta gol uradi. 2010-11-yilgi mavsumda esa 25 oʻyinda 11 ta gol uradi. U 2011-12 yilgi mavsumda ham asosiy tarkibda, ham zaxiradan maydonga tushgan. U asosiy tarkibda 12 oʻyinda 2 ta, zaxiradan maydonga tushib 18 ta oʻyinda 5 ta gol urgan.
2012-yil iyulidan 2013-yilning iyuniga qadar „Nurnberg“ klubida oʻynaydi. U asosiy tarkibda 27 oʻyinda 5 ta, zaxiradan maydonga tushirilgan 2 ta oʻyinda esa 1ta gol urgan.
Polter 2013-yil sentabridan 2014-yil iyuniga qadar FSV Mainz 05 II jamoasida tarkibida oʻynagan. U asosiy tarkibda 15ta oʻyinda gol ura olmagan, zaxiradan maydonga tushirilgan 7ta oʻyinida esa 3 ta gol urgan.
Polter 2014-yil avgust oyi oxirida Bundesliga klubi Union Berlinga ushbu mavsum uchun ijaraga berildi va 29 uchrashuvda 14 ta gol urdi.
Queens Park Rangers
2015-yil iyul oyida Queens Park Rangers FSV Mainz 05 dan Polterni nomaʼlum toʻlov evaziga transfer qiladi va futbolchi bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. Polter birinchi mavsumoldi uchrashuvida Italiyaning „Verona Stars“ jamoasi ustidan 10:0 hisobida gʻalaba qozongan „QPR“ning uchinchi golini kiritib, debyut oʻyining oʻzida gol uradi. Polter ligadagi debyutini Charlton Atletikga qarshi kechgan oʻyinda 84-daqiqada zaxiradan maydonga tushib oʻtkazadi. Uning asosiy tarkibdagi debyuti Liga kubogi doirasida „Yovil Taun“ga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtdi. U 2015-16-yilgi mavsumni 33 ta oʻyinda 7 ta gol urish bilan yakunlagan. 2016-17-yilgi mavsumda Queens Park Rangers safida 23 oʻyinda 12 ta gol uradi.
Union Berlin
U 2017-yil 10-yanvarda Union Berlinga qaytadi. 2016-17-yilgi mavsumda "Union Berlin " safida u 15 oʻyinda 7 ta gol uradi. U 2017-18-yilgi mavsumni 26 oʻyinda 12 ta gol bilan yakunlaydi.
2020-yil 28-may kuni Union Berlin prezidenti Dirk Zingler oʻz bayonotida Polter iyun oyidan shartnomasi tugaguniga qadar klubda oʻynamasligini eʼlon qildi va COVID-19 pandemiyasi davrida Polter klubning „bir-birini qoʻllab-quvvatlamagan“ yagona aʼzosi ekanligini taʼkidladi. Asosiy jamoa aʼzolaridan faqatgina u pandemiya taʼsirida jamoasi moliyaviy jihatdan qiynalayotgani uchun maoshini kamaytirishdan bosh tortdi.
Fortuna Sittard
Polter 2020-yil 17-avgustda Gollandiyaning Eredivizion klubi Fortuna Sittard bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
VfL Bochum
2021-yil 13-avgustda VfL Bochum Polterni tekin transfer evaziga jamoaga qoʻshib oldi. Uning shartnomasi 2023-yilning 30-iyuniga qadar tuziladi.
Schalke 04
2022-yil 20-iyunda Polter Bundesligaga chiqqan "Schalke 04" bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
Xalqaro faoliyati
Polter Germaniyaning bir nechta yoshlar terma jamoalari aʼzosi boʻlgan. Shuningdek, 2013-yilda Isroilda boʻlib oʻtadigan 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida asosiy tarkibida boʻlgan.
Faoliyatining statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org