Sebastian Jung




Sebastian Alexander Jung (talaffuzi: Sebastyan Aleksandr Yung; 1990-yil 22-iyunda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, 2. Bundesliga vakili „Karlsruher SC“da oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi

Klublardagi faoliyati



Jung Bundesligadagi birinchi oʻyinini Frankfurtning „Eintracht“ jamoasida oʻtkazdi. 2009-yilning 8-martida Arminia Bielefeldga qarshi oʻyinda Patrick Ochs oʻrniga (0:0) maydonga tushib professional debyut qildi. Bundesligadagi ilk golini 2010-yil 7-fevralda Signal Iduna Parkda Dortmundning Borussia klubiga urdi. 2010—2011-yilgi mavsumda Frankfurtning asosiy jamoasida asosiy oʻyinchi boʻldi. 2013-yil 4-aprelda shartnomasini 2015-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirdi.

Jung 2014-yilning 22-mayida VfL Wolfsburgga oʻtdi va 2018-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma imzoladi. „Wolfsburg“dagi yillik maoshi 4 million yevro ekani xabar qilingandi.

2019-yil 23-iyunda Jung bir yillik shartnoma asosida Hannover 96 jamoasiga qoʻshildi.

Hannoverdagi shartnomasi tugagach, Jung 2020-yil 22-sentyabrda bir yillik shartnoma asosida Karlsruher SCga oʻtdi.

Xalqaro faoliyati



Jung Germaniyaning U18, U21 va U21 terma jamoalarida oʻynagan.

2012-yilning 11-noyabrida Gollandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinidan oldin bir qancha oʻyinchilar, jumladan Holger Badstuber va Jérôme Boateng jarohat tufayli maydonni tark etgandi. Shuning uchun Jung 2012-yilning 14-noyabrida birinchi marta Germaniya terma jamoasiga chaqirildi. 1999-yilda Horst Heldtdan keyin terma jamoaga chaqirilgan ilk „Eintracht“ futbolchisi hisoblanadi. Ammo maydonga tushmagan

Oradan deyarli ikki yil oʻtib, 2014-yilning may oyida ikkinchi marta chaqiruvni oldi. Gamburgda Polshaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (0:0) 71-daqiqada debyutant Kevin Vollandn oʻrniga maydonga tushib debyut qildi. Ushbu oʻyin 2014-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati oldidan sinov tariqasida oʻtkazilgandi.

Faoliyat statistikasi



4-avgust, 2021-yil holatiga koʻra

Yutuqlari



Eintracht Frankfurt

VfL Wolfsburg

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz