Seara





Seara — Braziliyaning shim.sharkiy qismidagi shtat. Maydoni 146,3 ming km². Axoliyey 7,4 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Fortaleza sh. Shimolida Atlantika okeani sohil boʻyi pasttekisligiga oʻtib boruvchi Braziliya yassitogʻligining shim.sharqiy yon bagʻirlarida (bal. 300–600 m) joylashgan. Iqlimi subekvatorial iqlim, oʻrtacha temperaturasi yanvarda 27°, iyulda 25°. Yillik yogʻin 1000–1300 mm. Oʻrmonlar, savannalar, dare vodiylarida palmazorlar bor. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi. Asosan, paxta, banan, shakarkamish, maniok, makkajoʻxori, dukkakli ekinlar, kofe, tamaki, sitrus mevalar yetishtiriladi. Ichki hududlarda ekstensiv chorvachilik, shaharlar atrofida sut chorvachiligi rivojlangan. S. karnaub palmasi tolasi tayyorlash, keshyu yongʻogʻi, kauchuk yigʻish boʻyicha mamlakatda 1-oʻrinda. Oziqovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Gips, kurilish shagʻallari, magnezit, dengizdan tuz olinadi. Asosiy portlari: Fortaleza, Mukuripi, Arakati.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz