Sean Parker




Shon Parker (inglizcha: Sean Parker; 1979-yil 3-dekabr) — amerikalik taniqli tadbirkor. Napster, Plaxo, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarning asoschisi. Forbes jurnali bergan maʼlumotlarga koʻra, uning boyligi 2.1 milliard dollardan ortiqdir.

Biografiyasi



7 yoshida dasturlashni oʻrgangan. 16 yoshga toʻlgan vaqtida xakerlik ustida qoʻlga olinib, javobgarlikka tortilgan. Kollej tugatgandan keyin internet tarmogʻidagi turli loyihalar ustida ishlab, tadbirkorlik bilan shugʻullanadi.
1999-yilda u tadbirkor Sean Fenning bilan hamkorlikda musiqiy fayllarni almashish imkonini beradigan “Napster” internet tarmogʻini yaratadi.
2004-yili Mark Zuckerberg bilan birga Facebook ijtimoiy tarmogʻining asoschilaridan biri boʻldi. Shu yili tarmoq uchun boshqa tadbirkor Peter Thiel 500 ming dollar investitsiya kiritdi. Hozirda Facebookning 3,2 % aksiyalariga ega.

Filmda



“Ijtimoiy tarmoq” filmida Sean Parker rolini Justin Timberlake ijro etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz