Scott Langkow




Scott Langkow (talaffuzi: Skott Langkov) (1975-yil 21-aprelda tugʻilgan)—kanadalik sobiq professional xokkey darvozaboni. Scott Langkow Milliy Xokkey Ligasining 20 ta oʻyinida va Yevropadagi kichik xokkey ligalarida koʻplab jamoalarda, ayniqsa Amerika Xokkey Ligasining „Springfield Falcons“ va Deutsche Eishockey Ligasining „Krefeld Pinguine“ xokkey klublarida oʻynagan. Scott Langkow Kanadaning Sherwood Park shahrida tugʻilgan. Lekin Alberta shtataining Edmonton shahrida oʻsgan.

Oʻyin faoliyati



Langkow oʻzining oʻyin uslubini kapalak va stend-up kombinatsiyasi sifatida taʼriflagan.

Scott Langkow WHLda „Portland Winter Hawks“ xokkey klubi safiga 1993-yilgi NHL kirish loyihasida ikkinchi bosqich 31-oʻrindagi tanlov bilan qabul qilingan.Scott Langkow shundan soʻng klub bilan uchta ketma-ket gʻalabali mavsumni qayd etdi. 1996-yil 1-iyulda „Winnipeg Jets“ xokkey klubi koʻchirilganida, Scott Langkow „Phoenix Coyotes“ xokkey klubiga oʻtkazildi. Bu vaqt ichida Scott Langkow uch mavsum davomida 63 ta oʻyinda maydonga tushib, barcha oʻyinlarni gʻalaba bilan yakunladi. Shundan soʻng,Scott Langkow „Springfield Falcons“ xokkey klubi uchun oʻynab, AHLda eng yaxshi darvozabonlardan biri boʻldi. 1998-yilda u AHLning eng yaxshi darvozaboni sifatida Aldege „Baz“ Bastien Memorial mukofotini qoʻlga kiritdi.

Scott Langkow 1999-yil 25-iyun kuni „Atlanta Thrashers“ xokkey klubi aʼzosi oʻrniga almashtirildi. U yerda Scott Langkow NHL klubida 15 oʻyin oʻtkazdi.

SM liiga vakili „Ässät“ xokkey klubi uchun toʻrt mavsum oʻynaganidan soʻng, Scott Langkow Shvetsiyaning yuqori xokkey ligasi Elitserienda „HV71“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Shvetsiya ligasida „HV71“ xokkey klubi uchun asosiy darvozabon sifatida bor-yoʻgʻi 11 oʻyin oʻtkazgandan soʻng, Scott Langkow Milliy ligada Shveysariyaning „Rapperswil-Jona Lakers“ xokkey jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2007-yilning iyun oyida Scott Langkow Finlandiyaning SM-liiga jamoasi „Jokerit“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Scott Langkow „Jokerit“ xokkey klubi bilan shartnoma imzolagan boʻlsa-da, uning shartnomasi bekor qilindi. Bunga sabab esa uning oʻrniga „Jokerit“ xokkey klubining 1-raqamli darvozaboni sifatida Jussi Markkanenning kelishi edi.

Rossiya chempionatining „Metallurg Novokuznetsk“ xokkey jamoasida bir mavsum oʻynaganidan soʻng, Scott Langkow 2008-yilda Krefeld „Pinguine“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi. Scott Langkow klub safida besh mavsum davomida asosiy darvozabon sifatida oʻynadi va 2013-yilgi mavsum oxirida faoliyatini yakunladi.

Faoliyat statistikasi



Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz