Scott Kennedy




Scott Fitzgerald Kennedy (talaffuzi: Skott Fitsjerald Kennedi;1997-yil 31-martda tugʻilgan) — kanadalik professional futbolchi, oʻyinda markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. Bundesliga klubi SSV Jan Regensburg va Kanada terma jamoasi aʼzosi.

Klubdagi faoliyati



Ilk faoliyati



Scott Kennedy 18 yoshida Germaniyaga koʻchib oʻtgan. 2015-yilda SBC Traunstein, keyinroq esa 2016-yilda FC Amberg bilan shartnoma imzolagan. Scott Kennedy 2017-yil iyun oyida Avstriyaga koʻchib oʻtadi va Avstriyaning SV Grödig klubiga qoʻshildi. Scott Kennedy 2018-yil iyul oyida Avstriyaning Klagenfurt klubi bilan shartnoma ham imzolagan.

Jahn Regensburg



2020-yil avgust oyida Scott Kennedy Bundesliga jamoasi Yan Regensburg bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Kennedy ushbu jamoasi safida birinchi mavsumda juda yaxshi oʻyin koʻrsatgan.

Xalqaro faoliyati



2021-yil 26-may kuni Jahn Regensburg Scott Kennedyning 2022-yilgi FIFA erkaklar Jahon chempionati saralash bosqichidagi oʻyinlari uchun Kanadaga chaqirilganini tasdiqladi. Scott Kennedy Kanada erkaklar milliy futbol terma jamoasidagi debyutini 8-iyun kuni Surinamega qarshi oʻyinda oʻtkazdi va toʻliq 90 daqiqa oʻynadi hamda jamoa 4:0 hisobida gʻalaba qozondi. 18-iyun kuni Kennedy 2021-yilgi KONKAKAF Oltin Kubogi uchun 60 kishilik dastlabki tarkibga kiritildi. 1-iyul kuni Scott Kennedy yakuniy tarkibga kiritildi. 10-iyul kuni Scott Kennedy tibbiy sabablarga koʻra tarkibda Frenk Sturingga almashtirildi.

2022-yil oktabr oyi oxirida Kennedy liga oʻyinida yelkasidan jarohat oldi va uning murabbiyi Mersad Selimbegovich uni „bir necha oy“ga safdan chiqishini tasdiqladi va uni 2022-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati tarkibiga kiritilmasligini aytdi.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro maydonda




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz