Scott Fraser
Scott Stewart Fraser (talaffuzi: Skott Styuart Freyzer) (1995-yil 30-martda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi. Scott Fraser Birinchi Liga vakili „Charlton Athletic“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Scott Fraser avvalroq „Dundee United“, „Airdrieonians“, „Burton Albion“, „Milton Keynes Dons“ va „Ipswich Town“ futbol klublarida oʻynagan edi.
Klubdagi faoliyati
Dundee United
Scott Fraser 2011—2012-yilgi mavsum boshida yoshlar jamoasidan asosiy jamoaga qoʻshildi, ammo oyogʻidan jarohat olgani tufayli esa u butun mavsum davomida maydonga tusha olmadi. Jarohatidan tuzalgach, Scott Fraser 2013—2014-yilgi mavsumda „Dundee United“ klubining U20 oʻyinchisi deb topildi. Scott Fraser 2014-yilning 11-mayida Shotlandiya Premer-ligasining soʻnggi oʻyinida, „Celtic“ futbol klubi mehmoni boʻlib oʻtgan oʻyinda oʻrinbosar sifatida jamoadagi ilk oʻyinini oʻtkazdi.
2014-yil 10-oktabrda Scott Fraser „Airdrieonians“ klubi bilan 2015-yilning yanvarigacha ijaraga shartnomasini imzoladi (keyinroq bu shartnoma muddati 2015-yilning mayigacha uzaytirildi).
Scott Fraser 2017-yilning noyabr oyida Shotlandiya chempionatida oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. „United“ klubining asosiy jamoasidagi uch mavsumdan soʻng Fraser 2018-yilning may oyida klubni tark etishga qaror qildi.
Burton Albion
2018-yilning 5-iyulida Scott Fraser Angliya Birinchi ligasi vakili „Burton Albion“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Scott Fraser 2018-yilning 4-avgustida oʻz maydonida „Rochdale“ futbol klubiga 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda klub safidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi.
Milton Keynes Dons
2020-yil 9-sentyabrda Scott Fraser Birinchi liga vakili „Milton Keynes Dons“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Fraser 2020-yil 19-sentabrda „Lincoln City“ futbol klubiga 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda oʻzining ilk oʻyinini oʻtkazdi. U klub uchun birinchi golini 2020-yil 10-oktabrda „Portsmouth“ klubiga safarda 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan uchrashuvda kiritdi. Scott Fraser „MK Dons“ oʻyinchilari tomonidan 2021—2022-yilgi mavsumda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ipswich Town
2021-yil 14-iyulda Scott Fraser „Ipswich Town“ futbol klubi bilan nomaʼlum toʻlov evaziga uch yillik shartnoma imzoladi. Scott Fraser klubdagi ilk oʻyinini 2021-yil 7-avgustda oʻtkazdi.
Charlton Athletic
2022-yilning 31-yanvarida Scott Fraser nomaʼlum toʻlov evaziga Birinchi Liga vakili „Charlton Athletic“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Uning klub bilan imzolagan shartnomasi muddati 2025-yilgacha amal qilinishiga kelishib olingan edi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org