Scott Banks




Scott Brian Banks (2001-yil, 26-sentyabrda tugʻilgan) shotlandiyalik futbolchi, Ikkinchi liga klubi Bradford City klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi, Crystal Pelace klubidan ijaraga olingan. U 21 yoshgacha boʻlgan Shotlandiya terma jamoasi aʼzosi. Banks oʻz faoliyatini Shotlandiyaning „Dundee United“ klubida boshlagan, shuningdek, Clyde, Alloa Athletic va Dunfermline Athletic klublarida ijara asosida oʻynagan. U 2021-yilda 21 yoshgacha boʻlgan Shotlandiya terma jamoasi safida debyut qilgan.

Yoshligi



Banks Gʻarbiy Lotianning Linlitgou shahridan, u Falkirkdagi Grem oʻrta maktabi va Shotlandiya futbol assotsiatsiyasining mahorat maktabida oʻqigan.

Klubdagi faoliyati



Banks 2013-yilda Linlithgow Rose Boys Clubdan Dundee United klubining yoshlar jamoasiga kelib qoʻshilgan. Oʻtgan mavsumda „United“ning 17 yoshgacha boʻlgan jamoasining eng yaxshi toʻpurari boʻlganidan soʻng, u 2018-yilda klub bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi.

2019-yil fevral oyida Banks 2018-19-yilgi mavsumning qolgan qismida ijara asosida Ikkinchi liganing „Clyde“ klubiga qo‘shildi va tezda „muxlislar sevimlisiga“ aylandi. U „Peterhead“ klubiga qarshi oʻyinda klubning eng yaxshi golini urdi va Clydening Ikkinchi Ligadan koʻtarilishini taʼminlagan oʻyinda Annan Athletic klubiga qarshi oʻyinda eng yaxshi futbolchi boʻldi.

Mavsum oldi oʻyinlarida bosh murabbiy Robbie Neilsonni hayratda qoldirganidan soʻng, Banks 2019-yil iyul oyida Shotlandiya Liga kubogida „Heart of Midlothian“ klubiga qarshi oʻyinda „Dundee United“ klubi safida debyut qildi. Keyingi oyda „United“ Premyer-liganing „Crystal Pelace“ klubidan Banks uchun 400 000 funt sterlinglik transfer taklifini rad etdi. Shundan soʻng, Banks Dundee Unitedning yangi shartnoma taklifini rad etdi va Neilson uni tarkibga kiritmadi.

2020-yilning yanvarida u „Crystal Pelace“ bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Yanvar oyida Pelace Banksni Alloa Athletic klubiga 2019-20-yilgi mavsum oxirigacha ijaraga berdi.

2021-yil yanvar oyida Banks Shotlandiya chempionati vakilli Dunfermline Athletic klubi bilan 2020-21-yilgi mavsum oxirigacha ijara shartnomasini imzoladi.

2022-yil, 8-avgustda Banks EFL Ikkinchi liga klubiga bir mavsumga ijara asosida qo‘shildi.

Xalqaro faoliyati



Banks 2019-yil sentabrida Ispaniyaning Pinatar shahrida o‘tkazilgan Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida 19 yoshgacha bo‘lgan Shotlandiya terma jamoasi safida ikkita o‘yinda maydonga tushdi. U birinchi marta 2021-yilda Shimoliy Irlandiyaga qarshi Dumbarton futbol stadionida oʻtkazilgan ikkita oʻrtoqlik oʻyiniga 21 yoshgacha boʻlgan Shotlandiya terma jamoasiga chaqirildi. U 21 yoshgacha boʻlgan Shotlandiya terma jamoasida debyutini birinchi oʻyinda oʻtkazdi va jamoasi bilan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.

21 yoshgacha boʻlgan Shotlandiya terma jamoasiga chaqirilishidan oldin, Banks Uels terma jamoasining 21 yoshgacha boʻlgan murabbiyi Paul Bodin bilan oʻz jamoasiga qoʻshilish maqsadida muzokaralar olib bordi, chunki u Uels vakili boʻlish huquqiga ega.

Faoliyat statistikasi



2022-yil, 3-dekabr holatiga ko'ra[20]

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz