School's Out




School’s Out “ AQShda tuzilgan Alice Cooper rok guruhi ijrosidagi qoʻshiqdir. Guruhning School’s Out nomli beshinchi albomiga kiritilgan. 1972-yilning 26-aprelida Warner Bros. leybli tomonidan chiqarilgan. Ashula guruhga katta shuhrat keltirgan. „School’s Out“ qoʻshigʻi Billboard Hot 100 hit-paradida 7-, Canadian Hot 100 hit-paradida 3-, Irlandiya hit-paradida 2- va UK Singles Chartda 1-pogʻonaga koʻtarilgan.

1986-yilda Krokus shved metal guruhi ashulaning kaver versiyasini ijro etdi. Krokus ijrosidagi kaver guruhning Change of Address nomli albomiga kiritilib, Hot 100 hit-paradida 67-pogʻonaga koʻtarilgan.

„School’s Out“ qoʻshigʻi Rolling Stone jurnali tuzgan „Tarixdagi 500 eng buyuk qoʻshiqlar“ roʻyxatida 326-oʻrinni egalladi. 2009-yilda VH1 telekanali uni tarixdagi eng yaxshi 35-hard rock qoʻshiq, deb topdi. The Guardian gazetasi tuzgan „Tarixdagi eng yaxshi 20 glam-rock qoʻshiq“ roʻyxatida 3-oʻrinni egalladi. 2018-yilda Ian Chapman va Pittsburgh Post-Gazette gazetasi qoʻshiqni „glem-rok-madhiya“, deb atadi. Nick Talevski oʻzining „Rock Obituaries: Knocking On Heavenʼs Door“ nomli kitobida uni „hard rock-madhiya“, deb atadi. The Independent onlayn-gazetasi tuzgan „Gold Dust: Eng sara 10 glam rock singl“ roʻyxatida esa ashula oʻninchi oʻrinni egalladi.

Qoʻshiq shu kungacha koʻplab kinofilmlarda (Scream, Dazed and Confused, Rock 'nʼ Roll High School, I Love You, Beth Cooper) ishlatilgan. Bundan tashqari, ashuladan The Simpsons multseriali toʻrtinchi mavsumining ilk qismi — „Kamp Krusty“da ham foydalanilgan.

Jamoa




Hit-paradlar




Sertifikatsiya




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz