SCAT Airlines




SCAT Airlines , rasmiy „SCAT Aviakompaniyasi“ AJ , Qozogʻiston aviakompaniyasi boʻlib, bosh ofisi Qozogʻistonning Chimkent shahridagi Chimkent xalqaro aeroporti hududida joylashgan. U Qozogʻistonning barcha yirik shaharlari va qoʻshni davlatlarga xizmat koʻrsatadi. Uning asosiy bazasi Chimkent aeroporti boʻlib, ikkilamchi havo tuguni Aqtau xalqaro aeroporti, Nursulton Nazarboyev xalqaro aeroporti va Olmaota xalqaro aeroportida joylashgan.

Tarixi



Aviakompaniya 1997-yilda tashkil etilgan va faoliyatini boshlagan. Uning nomi Maxsus yuk havo transporti (inglizcha: Special Cargo Air Transport) jumlasining qisqartmasi hisoblanadi.

SCAT Sunday Airlines kompaniyasiga yangi charter korxonasi va shoʻba korxonasi sifatida asos soldi, buning uchun SCAT toʻrtta Boeing 757-200 va bitta Boeing 767-300ER samolyotlaridan foydalanadi.

2017-yil noyabr oyida aviakompaniya Amerikaning Boeing korporatsiyasi bilan oxirgi avlod Boeing 737 MAX 8 rusumli oltita samolyotini sotib olish boʻyicha qatʼiy shartnoma imzoladi. 2018-yil 29-martda kompaniya parki postsovet mamlakatlarida birinchi Boeing 737 MAX 8 (CFM International LEAP-1B dvigatellari bilan) bilan toʻldirildi. Bu xarid qilingan oltita Boeing 737 MAX 8 samolyotlaridan birinchisi sanlanadi.

2018-yilda SCAT Airlines uchun Yevropa havo hududi cheklovlari olib tashlandi va 2018-yil may oyida Vilnyus Yevropa Ittifoqidagi birinchi muntazam manzilga aylandi . 2018-yil mart oyida SCAT aviakompaniyasi Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasining (IATA) toʻliq aʼzoligiga qabul qilindi. SCAT Airlines IATA reestriga kiritilgan Qozogʻistonning ikkinchi aviakompaniyasi boʻldi.

2019-yilning 13-mart kuni Qozogʻistonda Boeing 737 MAX samolyotlari foydalanilishi toʻxtatildi.

2021-yil 18-fevralda Qozogʻistonda Boeing 737 MAX samolyotlaridan foydalanishga qoʻyilgan ikki yillik taqiqdan keyin SCAT Airlines Amerika qitʼasidan tashqarida ushbu samolyotlarda muntazam tijorat reyslarini tiklagan birinchi aviakompaniyaga aylandi .

Parvoz manzillari



Kod-shering shartnomalari



SCAT Airlines Ozabayjon havo yoʻllari bilan kod-shering shartnomasiga ega.

Aviaparki



2022-yil oktabr holatiga koʻra, SCAT Airlines aviaparki quyidagi havo kemalaridan iborat:

Baxtsiz hodisalar va falokatlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz