Scarlett Johansson




Scarlett Ingrid Johansson (22-noyabr 1984-yilda tugʻilgan) amerikalik aktrisa va qoʻshiqchidir. U Marvel kinematografiya koinoti filmlaridagi Qora beva personajini jonlantirgan aktrisa sifatida ham tanilgandir. U 2018- va 2019-yilda jahonning eng koʻp haq toʻlanadigan aktrisasi sifatida qayd etilgan hamda bir necha marta Forbes jurnalining jahonning eng mashhur kishilari roʻyxatida qatnashgan. Johansson koʻplab yutuqlarga, jumladan BAFTA, Oltin globus, Oscar va Tony kabi mukofotlariga sazovor boʻlgan.

New York shahridagi Manhattanda tugʻilib oʻsgan Johansson yoshligidan aktrisa boʻlishni orzu qilgan va ilk bor kichik aktrisa oʻlaroq Off-Broadway teatrida sahnaga chiqqan. U oʻzining filmdagi debyutini North (1994) nomli fantastik-komediyasidan boshladi va Manny & Lo (1996), The Horse Whisperer (1998) va Ghost World (2001) filmlaridagi rollari bilan qisqa fursat ichida shuhrat qozongan. Johansson 2003-yilda Sofia Coppola tomonidan suratga olingan Lost in Translation (BAFTAning „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasiga loyiq topilgan) va Girl with a Pearl Earring filmlaridagi rollari bilan katta yoshdagi rollarga oʻtdi. U A Love Song for Bobby Long (2004) dramasida muammoga botgan oʻsmir hamda Woody Allen tomonidan suratga olingan Match Point (2005) psixo-trilleridagi axloqsiz ayol rollari uchun Oltin globus mukofotiga nomzod boʻlgan. Bu yillardagi boshqa suratga tushgan filmlari qatoriga Christopher Nolan tomonidan suratga olingan The Prestige (2006) va Allen tomonidan suratga olingan Vicky Cristina Barcelona (2008) filmlari kiradi. Johansson, shuningdek, Anywhere I Lay My Head (2008) va Break Up (2009) albomlarini ham chiqargan boʻlib, ikkala albom ham Billboard 200dan oʻrin olgan.

Jamiyat arbobi oʻlaroq Johansson turli xayriya tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Turli ommaviy axborot vositalari uni Hollywoodning seks-ramzi deb atashdi. 2008-yildan 2011-yilgacha u kanadalik aktyor Ryan Reynolds bilan, 2014-yildan 2017-yilgacha esa fransuz biznesmeni Romain Dauriac bilan turmush qurgan. 2020-yilda esa Johansson qiziqchi Colin Jost turmushga chiqdi.

Hayoti



Scarlett Johansson 1984-yilda New Yorkda tugʻilgan. Otasi Karsten Johansson daniyalik bir meʼmor, bobosi Ejner Johansson esa ssenariynavis va rejissor boʻlgan. Onasi Melanie Sloan esa polyak ashkenaz bir produser boʻlgan. Vanessa Johansson esa opasi boʻlib, u aktrisa boʻlib faoliyat yuritgan. Shuningdek, uning ikkita ukasi ham boʻlib, ulardan birining ismi Adrian, boshqasiniki esa undan uch daqiqa keyin tugʻilgan egizi Hunter Johanssondir.

Filmografiyasi



Film




Televideniya




Diskografiyasi



Studiya albomlari




Mini-albomlari




Mukofotlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz