Scarlet Witch




Scarlet Witch ( Wanda Maximoff (talaffuzi: Vanda Maksimoff)) Marvel komikslaridagi xayoliy qahramondir. Personajni yozuvchi Stan Lee va rassom Jack Kirby yaratishgan. Bu personaj ilk marotaba Komikslar kumush asrida, The X-Men #4 (1964-yil mart oyi) komiksida uchraydi. Ushbu qahramon dastlab egizak ukasi Quicksilver bilan birga Brotherhood of Mutants (Mutantlar birodarligi) ning asoschisi sanalmish superyovuz sifatida tasvirlangan. Scarlet Witch haqiqatni nomaʼlum tarzda oʻzgartirish qobiliyatiga ega boʻlgan kuchli sehrgardir. Scarlet Witch personaji keyinchalik Qasoskorlar superqahramonlar jamoasining doimiy aʼzosi sifatida aks etgan. Bundan tashqari, u boshqa superqahramon va jamoadoshi — Visionning rafiqasi boʻlib, ularning Thomas va William ismli ikki farzandi mavjuddir.

Wanda Maximoff/Scarlet Witch personajini Qasoskorlar: Ultron davri (2015), Kapitan Amerika: Fuqarolar urushi (2016), Qasoskorlar: Abadiyat jangi (2018) va Qasoskorlar: Intiho (2019) kabilarni oʻz ichiga olgan superqahramon janridagi Marvel kinematografiya koinoti filmlari hamda Disney+ tomonidan efirga uzatilgan WandaVision mini-serialida Elizabeth Olsen jonlantirgan.

Manbalar




Bibliografiya




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz