Sayyodiy o‘g‘li Harobiy




Sayyodiy , Sayyodiy oʻgʻli, Sayyodiy oʻgʻli Harobiy (taxalluslari; ismi Sayyid Muhammad) (17-asrning 2-yarmi, Balx yaqinidagi Xayrobod qishlogʻi) — shoir. Ovchi (sayyod) oilasida tugʻilgan, oʻzi ham shu kasb bilan shugʻullangan. Shoirning ayrim sheʼrlari hamda "Tohir va Zuhra" dostonigina yetib kelgan. Dostonda xalq ogʻzaki ijodida keng tarqalgan syujet yozma adabiyot anʼanalari asosida bayon qilingan. Unda haqiqiy muhabbat va insoniylik kuylangan, zoʻrlik va adolatsizlik qoralangan. Dostonga 50 dan ortiq gʻazal shaklidagi sheʼriy parchalar kiritilgan. Doston asosida musiqali drama (1938, Sobir Abdulla) va kinofilm (1950) yaratilgan.

Manbalar




Adabiyot




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz