Sayyida Ruqayya masjidi




Sayyida Ruqayya masjidi (arabcha: مَسْجِد ٱلسَّيِّدة رُقَيَّة) Suriyaning Damashq shahrida joylashgan boʻlib, unda Al-Husayn ibn Alining kichik qizi „Ruqayya“ nomi bilan ham tanilgan Sukaynaning qabri joylashgan.

Tavsifi



Shia islomiy rivoyatlarida aytilishicha, Karbalo jangi va undan keyin Damashqqa boʻlgan mashaqqatli sayohatni boshdan kechirgan Sukayna toʻrt yoshida Yazid qamoqxonasida vafot etgan va usha yerga dafn etilgan. Biroq, yillar oʻtib, qabrini suv bosganidan soʻng, uning qabri qayta ochilgan va jasad hozirgi masjid turgan joyga koʻchirilgan. Masjid 1985-yilda maqbara yaqinida qurilgan boʻlib, Eron meʼmorchiligining zamonaviy koʻrinishini oʻzda namoyish etadi, masjid qurilishida koʻp miqdorda oynadan foydalanish va tilla suvi yugurtirilishi ayni buning isbotidir. Ziyoratgohga tutashgan masjid maydoni, oldida kichik hovli bor. Bu masjid Umaviylar masjidi va Damashq markazidagi Al-Hamidiya souqidan uncha uzoq boʻlmagan masofada joylashgan.

Galereya




Yana qarang




Manbalar




Havolalar



Media related to Sayyidah Ruqayya Mosque at Wikimedia Commons

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz